Yangilik haqida batafsil

Farg’ona filialida davra suhbati tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida Quva tumani sport maktabi  sport akrobatikasi treneri Qodirov Axrorjon Baxritdinovich ishtirokida davra suhbati tashkillandi.
Ushbu davra suhbatida filialning “Sport gimnastikasi” guruhi tinglovchilari ishtirok etdi. Davra suhbatida A.Qodirov Sport akrobatikasining kelib chiqish tarixi va rivojlanishi, qonun-qoidalari, mashq usullari, baholash tizimi haqida batafsil ko‘rgazmali slaydlar orqali ma’lumotlar berib o’tdi. 
Davra suhbati davomida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.