Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 9-fevral kuni Farg‘ona filialida O'zbekiston Stol tennisi federatsiyasi Andijon viloyat bo'limi bosh treneri Albert Shiriyev, Andijon Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi stol tennisi treneri Timur Shiriyev, Stol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni va xalqaro musobaqalar g‘olibasi X.Iminova shuningdek, Stol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati sovrindori O.Nomonoxunov, O‘zbekiston chempionati sovrindori A.Shiriyev, O‘zbekiston chempioni E.Shiriyevalar ishtirokida davra suhbati tashkillandi.
Ushbu davra suhbatida filialning “Stol tennisi” guruhi tinglovchilari ishtirok etdi. Davra suhbatida soha mutaxassislari tomonidan Stol tennisi bo‘yicha tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.


