Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida davra suhbati tashkil etildi.
✅Joriy yilning 31-yanvar kuni Farg‘ona filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil 20-yanvar kuni tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-815-son Qonunining mazmun-mohiyatini professor-o‘qituvchilar o‘rtasida targ‘ib etish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
✅Ushbu davra suhbatida filialning “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ulug‘bek Azimov yig‘ilganlarga ushbu qonun haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

