Yangilik haqida batafsil
Farg’ona filialida davra suhbati o’tkazildi
Joriy yilning 8-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida sport turlari bo’yicha trenerlar malaka oshirish yo’nalishi “Gandbol” guruhi tinglovchilari ishtirokida "Gandbol sport turini O'zbekistonga kirib-kelishi tarixi va rivojlanishi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu davra suhbatida filial o'qituvchisi R.Kuzibayev tinglovchilarga mavzu yuzasidan batafsil ma’lumotlar berib o’tdi hamda tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdi.

