Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida davra suhbati o'tkazildi
Farg'ona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o'qituvchisi N.Matxoshimov tomonidan “Antidoping. Doping guruhi preparatlarini sportchilar salomatligiga salbiy ta’siri” mavzusida tinglovchilar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. 
Unda N.S.Matxoshimov tinglovchilarga, dopingni qabul qilish – bu sportchining  ongli ravishda sport musobaqasi vaqtida sun’iy yo‘l bilan o‘z jismoniy faolligi va chidamliligini oshirish maqsadida amalga oshiriladigan harakat ekanligi, doping preparatlarini iste’mol qilishning asosiy salbiy asoratlar sifatida o‘ta yuqori yuklamalar vaqtida faoliyatni to‘xtatishni fiziologik mexanizmining bloklanishi, doping preparatlarga giyohvand moddalarga o‘xshash o‘rganib qolish belgilari mavjudligi haqida to‘xtalib o‘tdi.