Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida davra suhbati o'tkazildi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 2023-yil 15-may "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan filial xotin-qizlari bilan "Oila muqaddas dargoh" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatini filial xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Kurbonova Shaxnoza Nimadovna olib bordi. Davra suhbatida yurtimizda, qolaversa, Sharq dunyosida oila qadimdan muqaddas dargoh sifatida qadrlangani, oilada vatanga sadoqat, ota-onaga oqibat, oila aʼzolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat omillari o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirilib, oiladagi maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga, ularning jamiyat oldidagi masʼuliyatini kuchaytirishga xizmat qilishi haqida fikrlar bildirildi.


