Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida davra suhbati o’tkazildi
Joriy yilning 6-may kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4881-sonli qarori, shuningdek institutning 2023-yilgi rejasi ijrosini taʼminlash maqsadida filial professor-o‘qituvchilari hamda may oyi jismoniy tarbiya fani o’qituvchilari yo’nalishi tinglovchilari ishtirokida davra suhbati o’tkazildi.
Ushbu davra subatida filial “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi M.Ne’matov hamda kafedraning katta o‘qituvchisi  Y.Maxmudovlar qatnashchilarga ushbu qarorning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berib o’tdi.