Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida davra suhbati o’tkazildi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida 1-maydan kuchga kirgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”ning yangi tahriri to‘g‘risida filial professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun davra suhbati tashkil etildi.
Unda filialning “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi dotsenti, f.f.b.f.d., (PhD) U.A.Azimov mazkur yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilinganligi va 6 bo‘lim, 27 bob, 155 moddadan iborat ekanligini aytib, moddalarning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berdi.

