Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida davra suhbati o‘tkazildi.
Joriy yilning 5-may kuni Farg‘ona filialida professor-o’qituvchilar, xodimlar va tinglovchilar ishtirokida “Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu davra suhbatida filialning “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ulug‘bek Azimov korrupsiyaning kelib chiqish sabablari va uni oldini olishga qaratilgan davlat siyosati, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro huquqiy asoslarning shakllanishi va mamlakatimizda korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.