Yangilik haqida batafsil

Farg’ona filialida davra suhbati o’tkazildi.
Farg‘ona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasida 2023-yil 27-aprel kuni Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Opertiv xirurgiya topografik anatomiya” kafedrasi bilan o‘zaro hamkorlik shartnomasiga muvofiq davra suhbati o‘tkazildi. 
Davra suhbatida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Operativ xirurgiya topografik anatomiya” kafedrasi mudiri t.f.n., dotsent N.X.Fattaxov va katta o‘qituvchi A.R.Abdulxakimovlar sportda tibbiy-biologik fanlarning ahamiyati, sport tibbiyoti, sport nutritsiologiyasi hamda morfofunksional o‘zgarishlar modullarining trener-o‘qituvchi va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari faoliyatida tutgan o‘rni, shuningdek, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari davomida bolalarning anatomo-fiziologik o‘zgarishlari, turli yosh davrlarida o‘sish va rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z yuritdilar.