Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida davra suhbati o'tkazildi.
Joriy yilning 25-mart kuni Farg‘ona filialida nufuzli sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlari ishtirokida seminar, davra suhbatlari, treninglar o‘tkazish bo‘yicha reja-grafigiga asosan yengil atletika bo‘yicha “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi”, “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi” unvonlari sohibi Mavlonbek Xaydarov, O‘zbekiston iftixori, O‘zbekiston, Osiyo, Jahon hamda 2 karra Paralimpiada o'yinlari g‘olibi, yadro uloqtirish bo‘yicha jahon rekordchisi Boburbek Omonov hamda para yengil atletikaning yadro uloqtirish bo'yicha Parij-2024 Paralimpiada o'yinlari g‘olibi Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayevlar Farg‘ona filialiga tashrif buyurishdi va mart oyi "Yengil atletika" guruhi tinglovchilari o‘rtasida davra suhbati tashkillandi.


