Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida davra suhbati o'tkazildi.
✅Farg‘ona filialida “Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
✅Ushbu davra suhbatida filialning “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ulug‘bek Azimov yig‘ilganlarga korrupsiyani belgilovchi omillar va uning kelib chiqish sabablari, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro huquqiy asoslarning shakllanishi va mamlakatimizda korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.
✅Davra suhbatida tinglovchilar onlayn tarzda zoom ilovasi orqali ishtirok etishdi. Filial xodimlari va tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga U.Azimov tomonidan javob berildi. Davra suhbati bahs-munozaraga boy tarzda o‘tdi. Mavzuga oid taqdimot namoyish etildi.


