Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida dars mashg‘ulotlari onlayn tarzda davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 9-yanvar kungi 02/01/17-A/F-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona filiali yanvar oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun 10-18-yanvar kunlaridagi dars mashg‘ulotlari  masofaviy onlayn shaklga o‘tkazildi. Hozirda filial professor-o‘qituvchilari tomonidan dars mashg‘ulotlari Zoom platformasi orqali o‘tkazilmoqda. Onlayn darslar sifati va tinglovchilar ishtiroki doimiy nazorat qilinmoqda.