Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida “Arqon tortish” bo‘yicha qizg‘in bellashuvlar o‘tkazildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida filial sport targʻibotchisi M.Ne’matov tomonidan aprel oyi tinglovchilari o‘rtasida “Arqon tortish” bo‘yicha hududlarga (Andijon, Namangan, Farg‘ona terma jamoalariga) bo‘lingan holda o‘zaro qizg‘in bellashuvlar o‘tkazildi.


