Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida “Antropometriya” o‘tkazildi
Jismoniy rivojlanish aholining muhim salomatlik ko‘rsatgichi hisoblanadi. Joriy yilning 17-oktabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilarining salomatlik darajasini o‘rganish maqsadida antropometrik tekshiruvdan o‘tkazildi. 
Unda filialning “Sport psixologiyasi, ijtimoiy- tabiiy fanlar kafedrasi” o‘qituvchisi N.Matxoshimov tomonidan antropometrik ko‘rsatkichlar tahlil qilindi.