Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida A.Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan tadbir tashkillandi.
Joriy yilning 9-fevral kuni O‘zbek xalqining ulug‘ shoiri va buyuk mutaffakiri Hazrati Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida tadbir tashkillandi.
Butun umrini turkiy tilning nufuzini ko`tarish, turkiy davlatchilik asoslarini mustahkamlash, mushtarak tushunchalar mehr-oqibat, do`stlik, insoniylik, vatanparvarlikni tarannum etish hamda haqiqat va adolatni qaror toptirishga bag`ishlagan hazrat Navoiy bizning hurmatimiz, e’tirofimiz, e'zozimizga hamisha munosib.


