Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan kitoblar ko‘rgazmasi tashkillandi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali axborot resurs markazida Buyuk sarkarda va ulkan imperiya asoschisi Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan kitoblar ko‘rgazmasi tashkillandi.
Ushbu kitoblar ko‘rgazmasida filial professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilar Amir Temur hayotiga oid manbalar va ma’lumotlar bilan tanishdi hamda Farg‘ona Davlat universiteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi tarix fanlari doktori (DSc) B.A.Usmonov ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Bu kabi ko‘rgazma va  tadbirlar qatnashchilar ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish bilan bir qatorda ularda buyuk ajdodlarimizga bo‘lgan yuksak ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.