Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida amaliy ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filialida joriy yilning 24-may kuni "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi R.Kuzibayev tomonidan “3.6. Harakatli o‘yinlar va uni o‘qitish uslubiyati” modulidan Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari yo‘nalishi 6-maktab guruhiga “Harakatli o‘yinlarning jismoniy sifatlarni rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi amaliy ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan ochiq dars mashgʻulotida filial professor-oʻqituvchilari ham qatnashib, tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.


