Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida amaliy ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi.

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filialida joriy yilning 19-may kuni "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati”  kafedrasi o‘qituvchisi Ne’matov Mashxurbek Inomjon o‘g‘li tomonidan “Kurash nazariyasi va uslubiyati” modulidan  Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari yo‘nalishi 1-guruhiga “Kurash musoboqalarini tashkil etish va o‘tkazish qoidalari” mavzusidagi amaliy ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi. Oʻtkazilgan ochiq dars  mashgʻulotida filial professor-oʻqituvchilari ham qatnashib, tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.