Yangilik haqida batafsil

Farg’ona filialida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filiali “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi” yo‘nalishi 4-guruh tinglovchilari uchun "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati”  kafedrasi katta o‘qituvchisi D.To'xtasinov tomonidan “Gimnastika nazariyasi va uslubiyati” modulidan amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Amaliy mashg’ulotda tinglovchilarga:
Gimnastika musobaqalarini tashkil qilishga qo‘yiladigan zamonaviy talablar;
Xavfsizlik qoidalari;
Zamonaviy usullardan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar berildi hamda amaliy mashg‘ulotlar tinglovchilar ishtirokida bajarildi.