Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida amaliy dars tashkil qilindi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi p.f.n. dotsent A.Abdullayev va dotsent O.Qambarovlar Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari malaka oshirish yo‘nalishi 1-guruh tinglovchilari uchun jismoniy tarbiya darsining shakllari, darsning pedagogik tahlil o‘tkazish uslubiyati, darsning yutuqlari, darsda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, darsga qo‘yilgan talablar, xronometraj o‘tkazish uslubiyati, jismoniy tarbiya darsining umumiy va harakat zichligi, yurak - qon  tomir urishini o‘lchash uslubiyati bo‘yicha amaliy dars tashkil qilindi.