Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Joriy yilning 8-fevral kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Sport  psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi dotsenti M.B.Yuldasheva Alisher Navoiy asarlarida teran ifoda topgan milliy va umuminsoniy g‘oyalarning jahon tamaddunida tutgan o‘rnini hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodning intelektual salohiyatini oshirish, ular qalbida yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalashdagi beqiyos ahamiyati haqida gapirib o‘tdi. 
Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan Alisher Navoiy ruboiy va g‘azallari, yozgan asarlari yodga olindi. Ulug‘ mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelayotgani haqida so‘z yuritildi.