Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan kitobxonlik soati va kitoblar ko‘rgazmasi tashkillandi.

O‘zbek xalqining buyuk shoiri, mutafakkir, jahon adabiyotining yetuk siymolaridan biri, davlat arbobi, faylasuf Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan institutning Farg‘ona filialida fevral oyi tinglovchilari uchun ilmiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 
Ushbu tadbir doirasida kitobxonlik soati va kitoblar ko‘rgazmasi tashkillandi.
Ko‘rgazmada filial kutubxonasi fondidagi adabiyotlar, jumladan, Alisher Navoiy qalamiga mansub asarlar tanishtirildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga filial axborot resurs markazi boshligʻi G.Matkarimova tomonidan Navoiy ijodining ma’naviy va madaniy ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, Navoiy asarlaridan parchalar o‘qildi va ularning mazmun-mohiyati tahlil qilindi.