Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida Abdulla Tangriyev ishtirokida onlayn davra suhbati tashkillandi.
Joriy yilning 19-sentabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali sentabr oyi “Dzyudo” guruhi tinglovchilariga Dzyudo bo‘yicha Olimpiyada kumush medali sohibi, 5 karra Osiyo chempioni Abdulla Tangriyev ishtirokida “Yosh dzyudochilarni texnik-taktik mahoratini takomillashtirish” mavzusida onlayn davra suhbati tashkil qilindi.
Unda tinglovchilarga A.Tangriyev tomonidan yosh dzyudochilarni texnik-taktik mahoratini takomillashtirish, shuningdek Dzyudo sport turi bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar berildi.
Tinglovchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.