Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi.
Farg‘ona filialida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi. 
Bugun filialda ertalab noodatiy tarzda ayol professor-o'qituvchilar va tinglovchi ayol-qizlar gullar va musiqa sadolari ostida kutib olindi. Ularning ko'zlaridagi quvonch va yuzlaridagi tabassumi kunduzgi tadbirning ko'tarinki kayfiyatda o'tishiga zamin yaratdi. Filial direktori A.Tishabayev barcha xotin-qizlarni tabriklab, ularning o'qish va ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi. Ayol har qancha e'tibor va ehtiromga loyiq, chunki u oilada farzand tarbiyalasa, ishxonada o'z kasbi ortidan jamiyat rivojiga hissa qo'shadi. Chin dildan samimiy tashkil etilgan bayram tadbiri har doimgidanda o'zgacha ko'tarinki ruhda o'tdi.