Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʼtkazildi

Ayol har qancha eʼtibor va ehtiromga loyiq, chunki u oilada farzand tarbiyalasa, ishxonada oʼz kasbi ortidan jamiyat rivojiga hissa qoʼshadi. O'zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʼyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʼona filialida joriy yilning 6-mart kuni “8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkillandi. 
Ushbu tadbirda filialda faoliyat olib borayotgan barcha xotin-qizlar qatnashdilar. Filial direktori A.Tishabayev barcha xotin-qizlarni bayram bilan tabriklab, ular nomiga iliq va ezgu tilaklar bildirildi, bayram munosabati bilan  ularga esdalik sovgʻalari topshirildi. Samimiy tashkil etilgan bayram tadbiri oʻzgacha koʻtarinki ruhda oʻtdi.