Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan davra suhbati tashkillandi
Joriy yilning 7-dekabr kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi tomonidan 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Farg‘ona davlat universiteti “Tarix” fakulteti, O‘zbekiston tarixi” kafedrasi v/b dotsenti, tarix fanlar bo‘yicha falsafa doktori Oxunjonova Shaxodatxon Yusubjon qizi ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Fargʻona filiali professor-o'qituvchilari hamda sport turlari bo‘yicha trenerlar yo‘nalishi tinglovchilari ishtirok etdi.


