Yangilik haqida batafsil
Farg’ona filialida 7 aprel — Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan tashkillangan sport musobaqalari yakunlandi.
Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filialida 7 aprel — Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan aprel oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari o’rtasida tashkillangan Tosh ko'tarish, Darts hamda gimnastika yakkaxodasi (turnik)da bo’lib o’tgan bellashuvlar bo’yicha filial birinchiligi musobaqalari yakunladi.
Ushbu sport musobaqalari ko'tarinki ruhda va qizg'in bahs, munozaralarga boy tarzda o'tdi. Musobaqa g’olib va sovrindorlari I,II,III darajali diplomlar bilan taqdirlandi.


