Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida 7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan shaxmat musobaqasi tashkil etildi.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida 7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan qator ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Mazkur tadbirlar doirasida filial xodimlari hamda malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan tinglovchilar ishtirokida shaxmat bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqaning asosiy maqsadi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ishtirokchilar o‘rtasida aqliy salohiyatni rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishdan iborat. Bellashuv jarayonida barcha ishtirokchilar faol ishtirok etishdi.


