Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida 3+1 tizimi orqali amaliy mashg‘ulotlar o‘z ishini boshladi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 24-Q/Q-sonli hamda Мaktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 17-avgustdagi 32-Q/Q-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yil 24-yanvar kuni jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari va jismoniy tarbiya yo‘riqchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun 3+1 tizimi orqali malaka oshirish kursining amaliy mashg‘ulotlari boshlandi.
"Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi mudiri, dotsent Q.Nazirov, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar tomonidan amaliy mashg‘ulotlarning sifatli o‘tkazilishini taʼminlash yuzasidan va malaka oshirish kursi tinglovchilarga amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilish joylari hamda tartiblari to‘g‘risida tushunchalar berildi.


