Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida 14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi.

Yurtimizda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan Farg‘ona filialida tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Farg’ona filiali erkak xodimlaridan bir guruhi bayram munosabati hamda ish faoliyatlaridagi samarali mehnatlari uchun tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.