Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sport tadbirlari boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 12-yanvar kuni Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Mardlar qo'riqlaydi vatanni" shiori ostida Farg'ona filiali sport turlari bo’yicha trenerlar malaka oshirish kursi tinglovchilari o‘rtasida “Arqon tortish”, “Armrestling”, “Basketbol savatiga to‘p tashlash” bo’yicha qizg'in  bellashuvlar o‘tkazildi. Ushbu sport tadbirlarida filial sport targ’ibotchisi M.Ne’matov hamda professor-o‘qituvchilari hakamlik qildi. Sport tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.