Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida 14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sport tadbirlari boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 14-yanvar kuni Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Farg'ona filiali xodimlari o‘rtasida sportning “Darts”, “Stol tennisi” turidan qizg'in  bellashuvlar hamda “Quvnoq startlar” o‘tkazildi. Ushbu sport tadbirlarida filial professor-o‘qituvchilari hamda ishchi xodimlar qatnashdi. Sport tadbirlari bayramona va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.