Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali zamonaviy 86 dyumli interaktiv panel va uning qurilmalari bilan ta’minlanmoqda
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida onlayn seminarlar, davra suhbatlari, muhokamalar, uchrashuvlar va shu kabi qator tadbirlarni sifatli tashkillash maqsadida zamonaviy 86 dyumli interaktiv panel va uning qo’shimcha qurilmalari harid qilindi.
Filial direktori A.Tishabayev ushbu zamonaviy qurilmani ishlash tartibi bilan filial jamoasini tanishtirib o’tib, seminarlar, dars mashg’ulotlari, davra suhbatlari, muhokamalar, uchrashuvlar va shu kabi qator tadbirlarni sifatli tashkillashda samarali ahamiyat kasb etishi ta’kidlab o’tdi.

