Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali "Yengil atletika" guruhi tinglovchilari ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355 -sonli qarori 19-bandiga muvofiq, muqobil malaka oshirish talabini bajargan iyun oyi “Yengil atletika” guruhi tinglovchilari Kodirov Muminjon Abduvoxidovich, Irgashev Gʻolib Gʻaniyevich hamda Xaydarov Xokimjon Mamirovichlar tomonidan “Yengil atletika” guruhi tinglovchilari ishtirokida mahorat darsi oʻtkazildi.
Ushbu mahorat darsida Yengil atletika qonun-qoidalari, texnikasi bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar va tavsiyalarni berib o‘tdilar.
Mahorat darsida ushbu trenerlarning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkillandi.


