Yangilik haqida batafsil

Farg’ona filiali xotin-qizlarining salomatligini tiklash, ular o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommaviyligini yanada rivojlantirish maqsadida sport tadbirlari tashkillandi

Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Farg’ona filiali xotin-qizlarining salomatligini tiklash, ular o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommaviyligini yanada rivojlantirish maqsadida, xar xaftaning payshanba kunlari Filial sport zali foyesi “STOL TENNISI” turiga oid bo’lgan sport anjom va jixozlar bilan jixozlanib, ularning mashg’ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun alohida shart-sharoitlar yaratilgan hamda ularni mazkur sport turiga jalb etilishi taminlanmoqda.