Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filiali xotin-qizlari ishtirokida psixologik trening tashkil etildi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “Emotsional zo’riqishlarni bartaraf etish” mavzusida filial xotin-qizlari bilan psixologik trening bo'lib o'tdi. 
Psixologik treningni  filial “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi, psixologiya f.b.f.d., (PhD) M.Yuldasheva olib bordi. Psixologik treningda “Nafas olish mashqlari”, “Yaxshi tilak”, “Tinchlantiruvchi musiqa” kabi mashqlardan foydalanildi.