Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali xotin-qizlar qo‘mitasining yig‘ilishi bo’lib o’tdi.
✅Joriy yilning 2-fevral kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali xotin-qizlar qo‘mitasining yig‘ilishi bo’lib o’tdi. 
Unda:
✅Xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga jalb qilish;
✅Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi kunlari munosabati bilan mutafakkir ajdodlarimiz ijodiga bag‘ishlangan ilmiy-ma’rifiy tadbir va mushoira o‘tkazish bo'yicha fikr-mulohaza va takliflarni o’rganish va boshqa masalalar atroflicha ko’rib chiqildi.