Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filiali xodimlari va tinglovchilari salomatlik sayillarida faol ishtirok etishdi.
Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti 1948-yil 7-aprel kuni tashkil topgan. Ushbu sana Jahon salomatlik kuni sifatida butun dunyoda  nishonlanib, turli aksiya va tadbirlar o'tkaziladi. 
Xususan, yurtimizda ham keng aholi qatlamini qamrab oluvchi turli salomatlik tadbirlari, sport musobaqalari tashkil etiladi. Jumladan, joriy yilning 7-aprel kuni Islom Karimov nomidagi Farg'ona viloyati teatr va konsert saroyi maydonida salomatlik sayillari tashkil etildi. Ushbu sayillarda Farg‘ona filiali rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda tinglovchilar faol ishtirok etib, o‘z salomatliklari bo‘yicha turli tibbiy ko‘riklarda ishtirok etishdi.