Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali xodimlari o‘rtasida «STRITBOL» bo‘yicha ommaviy sport tadbiri o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19 - noyabrdagi “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 735-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek   Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlarining salomatligini mustahkamlash, ular o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommaviyligini yanada rivojlantirish maqsadida “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida «STRITBOL»  bo‘yicha ommaviy sport tadbiri o‘tkazildi.