Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali xodimlari Olimpiya shaharchasida.

Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va xodimlari Olimpiya shaharchasida bo‘lib, sport majmualari, sport inshootlari, O‘zbekiston davlat sport akademiyasi   va sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. 
Olimpiya shaharchasida filial xodimlari O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyati, ta’lim jarayoniga joriy etilgan innovatsion yondashuvlar hamda ilmiy tadqiqot ishlari bilan tanishish imkoniyati yaratildi. Bu esa filial xodimlariga o‘z faoliyatlarini yanada takomillashtirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha muhim tajriba bo‘lib xizmat qildi.