Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali xodimlari hamda tinglovchilari Fargʻona viloyat kutubxonasida…

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialining professor-o‘qituvchilari, xodimlari, sport turlari boʻyicha  malaka oshirish kursi tinglovchilari hamda filial axborot resurs markazi bo'limi  boshlig‘i G.Matkarimova birgalikda Fargʻona viloyat kutubxonasiga tashrif buyurdi. Filial xodimlari hamda tinglovchilar viloyat kutubxonasida kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kitoblar fondi, kutubxona tarixi,  oʻquv zallari, kutubxona xizmatlaridan, elektron kutubxonadan foydalanish tartiblari, shuningdek barcha turdagi gazeta va jurnallar boʻlimlari xizmatlaridan foydalanish  toʻgʻrisida  batafsil maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.