Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filiali xodimlari farzandlarining yozgi dam olish vaqtlari mazmunli tashkillanmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali kasaba uyushmasi tomonidan filial xodimlarning farzandlarini yozgi dam olish vaqtini mazmunli tashkillash maqsadida “Vodiy gavhari” bolalar dam olish maskaniga 4-mavsum uchun yo'llanma asosida yuborildi.
Bolalar oromgohida muntazam ravishda ma'naviy-ma’rifiy hamda sport tadbirlari tashkillanib, ushbu tadbirlarda filial xodimlari o'z farzandlari bilan faol ishtirok etishmoqda.


