Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali "Voleybol" guruhi tinglovchilari ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
Joriy yilning 15-iyun kuni  Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi  355 -sonli qarori 19-bandiga muvofiq, muqobil malaka oshirish talabini bajargan “Voleybol” guruhi tinglovchilari Turdiyev Ilxom Dadamirzayevich, Isakov Bozorboy Imonqulovich hamda Po‘latov Muzaffar Muxammadjonovichlar tomonidan “Voleybol” guruhi tinglovchilari ishtirokida mahorat darsi oʻtkazildi.  
Ushbu mahorat darsida Voleybol sport turining o'yin texnikasi va uning tasnifi, qonun-qoidalari, to'p uzatish, to'pni qabul qilish, hujum zarbalari, himoya texnikasi bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar va tavsiyalarni berib o‘tdilar. 
Mahorat darsida ushbu trenerlarning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkillandi.