Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali va Namangan sport boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik mustahkamlanmoqda!

 Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali Namangan viloyati sport boshqarmasi bilan hamkorlikda yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda.

Shu maqsadda tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat sport sohasidagi o‘zaro aloqalarni yanada kuchaytirish, malakali mutaxassislarni tayyorlash va tajriba almashishni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.

Memorandum doirasida:
Trenerlar malakasini oshirish faoliyatini tashkil etish;
Ilmiy, o‘quv-uslubiy va pedagogik faoliyatda tajriba almashish;
Ilmiy-texnikaviy yangiliklar bo‘yicha axborot almashinuvi;
Malakali mutaxassislarni mashg‘ulotlarga jalb etish va professor-o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashuvi yuzasidan kelishib olindi.
Ushbu hamkorlik sport sohasi rivojiga xizmat qilishi bilan birga, ikki tomonlama manfaatli tashabbuslarni amalga oshirishga yo‘l ochadi.