Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filiali tomonidan seminar tashkil qilindi
Joriy yilning 25-avgust kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-son qarori mazmun-mohiyatini umumiy o‘rta ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari o‘rtasida keng targ‘ibot-tashviqot qilish maqsadida Namangan viloyatidagi shahar va tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlari, metodistlar, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari ishtirokida onlayn seminar tashkil qilindi. 
Ushbu seminarda  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-son qarori hamda malaka oshirish kurslariga jalb qilinadigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining kasbiy faoliyat natijalarini baholash mezonlari yuzasidan tushuntirish olib borildi va o'zaro fikr almashildi.