Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali tomonidan seminar tashkil qilindi.
Joriy yilning 22-avgust kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-son qarori mazmun-mohiyatini Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya instruktorlari o‘rtasida keng targ‘ibot-tashviqot qilish maqsadida Farg‘ona viloyatidagi shahar va tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlari, metodistlar, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya instruktorlari ishtirokida onlayn seminar tashkil qilindi.
Ushbu seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-son qarori hamda malaka oshirish kurslariga jalb qilinadigan maktabgacha ta'lim tashkilotlari jismoniy tarbiya instruktorlarining kasbiy faoliyat natijalarini baholash mezonlari yuzasidan tushuntirish olib borildi va o'zaro fikr almashildi.


