Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali tinglovchisi ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
Joriy yilning 20-may kuni Farg’ona filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri dotsent Nazirov Qudrat Yuldashevich rahbarligida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qarori 19-bandiga muvofiq, muqobil malaka oshirish talabini bajargan “Belbog'li kurash” guruhi tinglovchisi Yusupov Faxriddin Nizomiddinovich tomonidan “Bel olish va uchkurashida texnik – taktik harakatlarni takomillashtirish” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.


