Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali tinglovchisi ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi
Joriy yilning 16-may kuni Farg’ona filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kaferdrasi mudiri dotsent Nazirov Qudrat Yuldashevich hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish va monitoring bo‘limi boshlig‘i Xamraliyeva Malika Abdukarimovna rahbarligida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355 -sonli qarori 19-bandiga muvofiq, muqobil malaka oshirish talabini bajargan “Badiiy gimnastika” guruhi tinglovchisi Ne’matullayeva Barno Habibullayevna tomonidan “Badiiy gimnastikada koptok bilan bajariladigan murakkab mashqlar texnikasini o‘rgatish” mavzusida mahorat dars o‘tkazildi.
Mahorat darsida B.Ne’matullayeva shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkillandi.


