Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filiali tinglovchisi ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355 -sonli qarori 19-bandiga muvofiq, muqobil malaka oshirish talabini bajargan “Erkin kurashi” guruhi tinglovchisi Poziljonov Zuxriddin Iminjonovich tomonidan mahorat darsi oʻtkazildi.
Ushbu mahorat darsida Z.Poziljonov Erkin kurash texnikasi, qoidalari, usullari bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar va tavsiyalarni berib o‘tdi.
Mahorat darsida Z.Poziljonov shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkillandi.


